Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tokka ulangan smartfondan qanday foydalanish kerak?

Tokka ulangan smartfondan qanday foydalanish kerak?

Foto: «KV.by»

Elektr manbaidan quvvat olayotgan paytida smartfondan foydalanish — uncha ham to‘g‘ri ish emas. «Telecom daily» axborot-tahlil agentligi rahbari Denis Kuskov nega bundayligini quyidagicha tushuntirdi.

Quvvat olayotgan smartfon qizishni boshlaydi, agar bu paytda siz qo‘ng‘iroq qilmoqchi bo‘lsangiz telefonni yo tokdan uzib qo‘ying yoki ovozni balandlating. «Har holda shunisi xavfsizroq — telefon qo‘lingizda bo‘lmaydi», — ta’kidlaydi mutaxassis.

Quvvat olayotgan smartfonning g‘ilofi borligi vaziyatni yanada murakkablashtiradi. Bir qarashda qo‘lni tokdan himoyalaydegandek, ammo tezroq qiziydi, qo‘lda portlab ketishi ehtimoli yanada oshadi, sog‘lig‘ingiz bilan o‘ynashmaganingiz ma’qul, deydi Denis Kuskov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring