Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda «Sputnik V» vaksinasi ishlab chiqarila boshlandi

O‘zbekistonda «Sputnik V» vaksinasi ishlab chiqarila boshlandi

«Jurabek Laboratories» MChJ qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilayotgan  «Sputnik V» vaksinasi 1- va 2- komponentlarining dastlabki 260 500 dozasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga topshirildi.

Bu yurtimizda tayyorlanayotgan ikkinchi vaksina bo‘lib, bundan avval ushbu korxonada jami 7 million doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi ishlab chiqarilgan bo‘lib, uning 1 458 820 dozasi emlash uchun topshiriligani haqida xabar berilgandi.

Shunday qilib, yurtimizga emlash jarayonlarida foydalanilayotgan jami vaksina 28 473 528 dozani tashkil qilmoqda.

Ulardan:

  • 594 480  dozasi AstraZeneca,
  • 21 958 488 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
  • 720 500 dozasi Sputnik V,
  • 3 000 060 dozasi Moderna,
  • 1 200 000 dozasi Pfizer/BioNTech vaksinasidir.

Shundan 22 721 129 dozasi emlash jarayonlarida qo‘llanilgan bo‘lib, 5 226 139 nafar aholi koronavirusga qarshi barcha bosqichlarda to‘liq emlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring