Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahnoza Soatova

Ki har ne olami sug‘roda mavjud, Bori bu olami kubroda mavjud. (Alisher Navoiy)

Bitta stiker ololmasa, «krutoy»ligi qayda qoladi?

Bitta stiker ololmasa, «krutoy»ligi qayda qoladi?

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Bugun necha kishi chiqdi menga: kaptivada dostavka qilaman, ruxsatnoma gaplashib ber; senga shaxsiy shoferlik qilaman, amaldorsan-ku, amalla;  Malibuda ishga bormasam bo‘maydi, yo‘lini qilib ber...

Doktorlarga pul berib, onkologiya, gemodializ kabi «tuynuklar»dan foydalanmoqchi bo‘lganlarni ham aytishdi. Tavbaaa, suvlar teskari oqib, bularga mashinang bilan uyda o‘tirsang, jarimaga tortilasan, deyilsa, hamma yoppasiga uyiga yotib olsa kerak :)

Bu qanaqasi, Trekeri bo‘lsa-yu, minib yurolmasa? Eng zo‘r ulovni olsa-yu, shu bir parcha qog‘ozni ololmasa? «Krutoy»ligi qayda qoladi? Yo‘q, bugunoq o‘sha stikerni toychog‘ining peshonasiga yopishtirib, instagramda maqtanmasa, ertaga mashinasi oynasidan bir qo‘lini chiqarib, viqor bilan mahallasidan haydab chiqmasa, o‘zini kechirolmaydi. Koronavirusdan o‘lsa ham mayli, alohida maqom bilan o‘lsin. Boshqalarga yuqtirishi-chi? Undan keyin dunyoni suv bosmaydimi?!

Cheklovlarni, ular foydamizgami yo zararimizga – farqi yo‘q – aylanib o‘tish odatimiz bilan ikki dunyoda korrupsiyani yengolmaymiz. Chunki tepada ham o‘zimiz, pastda ham. Bugun shu imtiyozni sotib olmoqchi bo‘layotganlar ertaga amal tegsa, imtiyozlarni sotmas ekanmi?!

Ritorik savol.

Foto: bayonotuz 
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring