1 kilogramm osh tayyorlash qaysi viloyatda qanchaga tushadi?
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bir kilogramm palovning hududlar kesimida hisoblangan qiymatlari quyidagicha (2026 yil fevral oyi uchun):
Qoraqalpog‘iston Resp. – 98 927 so‘m
Andijon viloyati – 106 984 so‘m
Buxoro viloyati – 109 455 so‘m
Jizzax viloyati – 110 160 so‘m
Qashqadaryo viloyati – 112 980 so‘m
Navoiy viloyati – 111 508 so‘m
Namangan viloyati – 109 704 so‘m
Samarqand viloyati – 114 383 so‘m
Surxondaryo viloyati – 112 292 so‘m
Sirdaryo viloyati – 105 337 so‘m
Toshkent viloyati – 113 602 so‘m
Farg‘ona viloyati – 116 256 so‘m
Xorazm viloyati – 108 103 so‘m
Toshkent shahri – 118 381 so‘m
Bir kilogramm palov uchun kerakli mahsulotlar:
kungaboqar yog‘i — 0,3 l
piyoz — 300 gr
mol go‘shti — 700 gr
sabzi — 1 kg
guruch — 1 kg
no‘xat — 100 gr
zira — 10 gr
osh tuzi — 20 gr
Eslatma: yuqoridagi raqamlar hududlarda sotilayotgan bir kilogramm palovning narxiga to‘g‘ri kelmaydi. Ularda palov tayyorlash va boshqa xizmatlar haqi ham qo‘shib hisoblanadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter