Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

1-sentyabrdan Face-ID orqali elektron mehnat shartnomalari tuziladi

1-sentyabrdan Face-ID orqali elektron mehnat shartnomalari tuziladi

YaMMT orqali qayd etilgan qonun buzilishlari bo‘yicha elektron ma’muriy qaror qabul qilish tizimi joriy etiladi.

Joriy yil 4-avgust kuni qabul qilingan PF–126-son Prezident farmoni bilan 2025-yil 1-sentyabrdan xodimlari 50 nafargacha bo‘lgan xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi va qurilish sohasidagi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga YaMMTda biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) orqali elektron mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilishni rasmiylashtirishga ruxsat beriladi.

2025-yil 1-sentyabrdan:

  • Davlat mehnat inspektorlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlar haqida vakolatli organni oldindan xabardor qilish tartibi bekor qilinadi;
  • «Xavfni tahlil etish» tizimining tahlil natijalariga asosan o‘tkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida kamida 10 ish kuni oldin tadbirkorni xabardor qilish tartibi davlat mehnat inspektorlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlarga tatbiq etilmaydi.

2026-yil 1-yanvardan YaMMT orqali qayd etilgan mehnat qonunchiligi buzilishini ish beruvchi ishtirokisiz ko‘rib chiqish va qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha elektron ma’muriy qaror qabul qilish tizimi joriy etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring