Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2018-yil davomida mehnat ta’tili muddati kamayib boradi

2018-yil davomida mehnat ta’tili muddati kamayib boradi

Foto: «Xabar.uz»

Prezidentning 2017-yil 28-dekabrdagi «2018-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq 2018-yildan boshlab rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar belgilanganligi va yillik mehnat ta’tili muddati ushbu kunlarga kamaytirilishi belgilangan edi, deb xabar berdi Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali.

Shuni hisobga olgan holda yillik mehnat ta’tili vaqtida saqlanib qolinadigan o‘rtacha ish haqi miqdorini aniqlash, shuningdek foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun pullik kompensatsiya to‘lovini hisoblab chiqish tartibi ishlab chiqildi.

Mehnatga vaqtbay, ishbay va tarifsiz tizimlarida mehnat ta’tili vaqtida xodimning saqlanib qolinadigan o‘rtacha ish haqi miqdorini hisoblash uchun qabul qilingan tarif stavkani tashkilotda 6 va undan ortiq oy ishlagan xodimlarning tarif stavkasidan ortiq bo‘lgan barcha to‘lovlarni, shu jumladan ishbay qo‘shimcha haqning tegishli qismiga oshirish orqali aniqlanadi.

Shu bilan birga, mehnat ta’tili berilganda, uni muddatini hisoblash aniqlashtirildi.

Masalan, 2018-yilda mehnat ta’tilining birinchi kuni:

  • 3-yanvardan 21-martgacha bo‘lgan davrga to‘g‘ri kelsa xodimlarning mehnat ta’tili muddati – 1 ish kuniga;
  • 21-martdan 1-sentyabrgacha bo‘lgan davrga to‘g‘ri kelsa xodimlarning mehnat ta’tili muddati – 2 ish kuniga;
  • 1-sentyabrdan 2018-yilning oxirigacha bo‘lgan davrga to‘g‘ri kelsa xodimlarning mehnat ta’tili muddati – 3 ish kuniga kamayadi.

Mazkur talablar budjet tashkilotlari xodimlariga nisbatan qo‘llanilishi majburiy hisoblanadi, budjet tashkilotlari hisoblanmagan tashkilotlarning xodimlari uchun esa tavsiyaviy xususiyatga ega.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring