Xivada yangi vokzal ishga tushirildi

Xivada yangi vokzal ishga tushirildi. Bu haqda Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan ochiq muloqotda ma’lum qilindi. Ochiq muloqotda poyezdlar harakatining qayta tiklanishi umuman, temir yo‘l tranporti sohasida amalga oshirilgan ishlarga batafsil to‘xtab o‘tildi. Unga ko‘ra, 2017-2020 yillarda temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida quyidagi yirik qurilishlar amalga oshirilgan:
2017-2018 yillarda Buxoro-Misken uchastkasi – 380 km;
2017-2018 yillarda Urgench-Xiva uchastkasi – 33 km;
2019 yilda Savay-Xonabod uchastkasi – 11 km.
2020 yilda Andijan-Savay-Xonobod uchastkasini modernizatsiya qilindi hamda shaharlararo poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi (65 km).
2017-2020 yillar davomida jami 706,32 km temir yo‘llarida (2017-yilda 91,78 km, 2018-yilda 189,85 km, 2019-yilda 232,79 km 2020-yilda 191,9 km) tubdan ta’mirlash (reablitatsiya) ishlari amalga oshirildi.
Yo‘lovchi tashuvlarini rivojlantirish maqsadida Buxoro-Misken yangi temir yo‘l uchastkasi ochilishi munosabati bilan Toshkent-Qo‘ng‘irot, Toshkent-Shovot, Toshkent-Xiva, Andijon-Xiva poyezdlar harakat vaqti va yo‘lovchilar o‘z manziliga yetib borishi 2 soatdan 4 soatgacha qiskardi.
Buxoro-Xiva tez yurar yo‘lovchi poyezdi yo‘lga qo‘yilishi natijasida esa mahaliy aholi va xorijiy mexmonlarning Xiva shahriga yetib borishi uchun qo‘shimcha qulaylik yaratildi;
Xiva shahrida yo‘lovchi poyezdlar uchun yangi vokzal kurilib, ishga tushirildi;
Qarshi-Qumqo‘rg‘on-Termiz temir yo‘l uchastkasi elektrlashtirilganlishi natijasida Toshkent-Termez, Toshkent-Sariosiyo, Andijon-Termiz, Termiz-Moskva yo‘lovchi poyezdlari harakat vaqti 1.5 soatgacha qisqardi;
Qarshi-Kitob temir yul uchastkasi elektrlashtirilganligi sababli Toshkent-Kitob yo‘nalishida Afrosiyob yuqori tez yurar poyezdining harakati yo‘lga qo‘yildi;
Qo‘qon-Namangan temir yul uchastkasi elektrlashtirilishi va qayta ta’mirlanishi sababli esa Qo‘qon-Namangan elektropoyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi;
Bekobod va Xovost shaxri aholisiga qulaylik yaratilib Toshkent-Bekobod tez yurar elektropoyezdi yo‘lga ko‘yildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter