Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2021-yil «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari bo‘yicha tub burilish yili bo‘ladimi?

2021-yil «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari bo‘yicha tub burilish yili bo‘ladimi?

«Obod qishloq» va «Obod mahalla» davlat dasturlari Prezident farmoni bilan 2018- yilda qabul qilingan. Ularning ijrosi ham qishloq, ham shaharlar aholisi yashash darajasining o‘sishida o‘z samarasini ko‘rsatmoqda. Iqtisodiy taraqqiyot markazi ekspertlari mavzu yuzasidan qator ma’lumotlarni e’lon qildi. 

Jahon bankining «O‘zbekiston aholisini tinglab» (Listening to citizens of Uzbekistan (L2CU) tadqiqotiga ko‘ra, dasturlar ijrosi sabab so‘nggi to‘rt yilda suv ta’minotidagi uzilishlar sezilarli pasaygan. 2018-yil sentyabridan 2020-yilning martiga qadar suv ta’minotida (umumiy vodoprovod krani, quduq, daryo suvi, buloq suvi, yetkaziladigan suv) uzilishlar ro‘y bergan uy xo‘jaliklari soni 6,5 foizga kamaygan (11 foizdan 4,5 foizga). Ushbu pasayish shahar aholisi hisobiga amalga oshgan.

Bundan tashqari aholining elektr tarmog‘iga ulanish ko‘rsatkichlari ham yaxshilandi. 2010-yilda qishloq aholisi o‘rtacha bir kunda bir soat davomida elektr tarmog‘idan uzilgan bo‘lsa, 2020-yilga kelib, uzilish o‘rtacha yarim soatni tashkil etdi. Shunday qilib, so‘nggi 2 yilda shahar aholisi stabil elektr ta’minoti ega bo‘lib qolmoqda, biroq qishloq uy xo‘jaliklari e’lektr ta’minoti tig‘iz soatlarda yomonlashgan.

Aholining uy isitish ta’minoti ham sezilarli yaxshilandi. 2018-yilda aholining 80 foizi isitish tizimiga muhtoj bo‘lgan bo‘lsa, 2020-yilga kelib, bu ko‘rsatkich 40 foizni tashkil qilmoqda.

Biroq 2020-yilda koronavirus pandemiyasi sababli dastur ijrosi vaqtincha to‘xtatidi. Shu bilan birga O‘zbekiston hukumatining 2020-yildagi koronavirus inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha inqirozga qarshi chora-tadbirlari doirasida qishloq aholisining yashash sharoitlarini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish va qishloqlarni bosqichma-bosqich obodonlashtirishga qaratilgan choralar qabul qilindi.

2021-yil «Obod qishloq» va «Obod mahalla» davlat dasturlarining yondashuvi va bosqichma-bosqich ijrosini tubdan o‘zgartirgan yil bo‘ldi.

2021-yilgi Parlamentga murojaatda davlat rahbari qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, raqamlashtirish, yerlarning unumdorligini oshirish, zamonaviy agrotexnnologiyalarni joriy etish va qishloq xo‘jaligiga investitsiyalarni oshirish masalalariga katta e’tibor qaratdi.

Prezident har bir gektardan ayni damda olinayotgan o‘rtacha 2 ming dollar daromadni kamida 5 ming dollarga ko‘tarish vazifasini qo‘ydi.

Ta’kidlash joizki, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, raqamlashtirish, yerlar unumdorligini oshirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish uchun 2021 yilda 600 mln dollardan ziyod miqdorda xalqaro kreditlar va grantlar jalb qilindi.

Jahon bankining hisobotiga ko‘ra, 1993-2002-yillarda dunyo bo‘ylab qishloq aholisi o‘rtasida kambag‘allikni 81 foizga qisqartirishga qishloq yerlarida yashash sharoitini yaxshilash orqali erishilgan (19 foiz migratsiya orqali). Xalqaro iqtisodiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki,boshqa sektorlarga qaraganda qishloq xo‘jaligi sektorida YaIMning o‘sishi kambag‘al aholi qatlami uchun ko‘proq afzalliklar taqdim etadi va kambag‘allikni qisqartirish uchun ikki barobar samaraliroq hisoblanadi.

2021-yilning 2-aprelida prezident PQ-5048 «Obod qishloq» va «Obod mahalla» davlat dasturlarini amalga oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturi doirasida:

- qishloqlarda (mahallalarda) amalga oshiriladigan qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini hamda ularni moliyalashtirish uchun talab etiladigan mablag‘larni tuman (shahar) hokimliklari mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari bilan birgalikda tegishli tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlarida himoya qiladi;

- har bir qishloqni (mahallani) rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari tegishli qishloqdagi (mahalladagi) mavjud imkoniyatlar, aholining uzoq yillar davomida shakllangan salohiyati, tadbirkorlik muhiti va «o‘sish nuqtalari» inobatga olingan holda belgilanadi;

- barcha tuman va shaharlardagi jami 7 794 ta qishloq va mahallada umumiy qiymati 20,8 trln so‘mlik qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi parametrlar tasdiqlandi.

Qishloq joylarida infratuzilmaning mavjudligi hayot sifatini o‘zgartirish va tadbirkorlikni rivojlantirish kalitidir. Shu munosabat bilan 2021-yilda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» davlat dasturlari yangi yondashuvlar asosida shakllantirildi. Aholi ehtiyoji hamda 206 ta tuman va shaharlar hokimlari, yo‘l, elektr ta’minoti, kommunal xizmat va tadbirkorlikni rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan rahbarlar takliflaridan kelib chiqqan holda 8 mingta mahallada amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar belgilab olindi. Obodonlashtirish ishlari bilan birga ish o‘rinlarini yaratish va kambag‘allikni qisqartirish borasida ham ishlar belgilangan.

E’tiborlisi, murakkab inqirozdan chiqish yili bo‘lib tarixga muhrlanadigan 2021-yilda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirishga ilk bor tashqi manbalardan jalb qilmagan holda mablag‘ ajratiladi. Ushbu mablag‘lar har bir mahalla kesimida ijtimoiy soha, ichimlik suvi ta’minoti, avtomobil yo‘llari va infratuzilma ob’yektlari bo‘yicha maqsadli dasturlarga yo‘naltiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring