Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2028-yilda Xalqaro astronavtika kongressi O‘zbekistonda o‘tkazilishi mumkin

2028-yilda Xalqaro astronavtika kongressi O‘zbekistonda o‘tkazilishi mumkin

Xalqaro astronavtika kongressini O‘zbekistonda ham o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Bu haqda  Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (O‘zbekkosmos) direktori Shuhrat Qodirov «Trend» (Ozarbayjon) nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«O‘zbekkosmos» milliy kosmik infratuzilmani rivojlantirishda muhim qadam bo‘ladigan Xalqaro astronavtika kongressini O‘zbekistonda ham o‘tkazishni rejalashtirmoqda. O‘zbekiston 2028-yilda ushbu yirik tadbirni o‘tkazish uchun ariza beradi, bu esa mamlakatga jahon kosmik tashkilotlari bilan hamkorlik qilish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi», – dedi Sh.Qodirov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agentlik 2025-yilda kosmik texnologiyalarni rivojlantirish va NASA kabi yetakchi global tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan ta’lim loyihalarini ham amalga oshirishga hozirlik ko‘rmoqda.

«Asosiy loyiha 2035-yilgacha bo‘lgan Milliy kosmik dasturni ishlab chiqish bo‘lib qolmoqda, u innovatsion kosmik infratuzilmani yaratish, inson kapitalini rivojlantirish, shuningdek, Oy va Marsni tadqiq qilish bo‘yicha xalqaro dasturlarda ishtirok etishni o‘z ichiga oladi», – deya qo‘shimcha qilgan Shuhrat Qodirov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring