Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2030-yilda suv tanqisligi global muammoga aylanadi — YuNESKO

2030-yilda suv tanqisligi global muammoga aylanadi — YuNESKO

Foto:«Xabar.uz»

Suv tanqisligi 2030-yildayoq global muammoga aylanishi mumkin. Bu haqda YuNESKOning Butunjahon suv resurslari kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tgan yillik hisobotiga asoslanib Mir24 xabar qildi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, dunyo bo‘yicha suv resurslarini tejashga juda sust harakat qilinmoqda. Hisobot muallifi bugungi kunda ikki milliarddan ortiq odam suvdan bevosita foydalanish imkoniyatiga ega emasligini ta’kidlagan. Ayniqsa shahsiy gigiyenaga e’tibor qaratish kerak bo‘lgan pandemiya sharoitida bu muammo borligi achinarli.

Mustaqil hisob-kitoblarga ko‘ra, to‘qqiz yil ichida dunyo bo‘ylab 40 foizga yaqin aholiga suv yetmasligi muammosi paydo bo‘ladi.

Bunga qo‘shimcha ravishda, suv narxini ob’yektiv ravishda baholash mumkin bo‘lgan formulani yaratish muhimligi aytib o‘tilgan. Hisoblash formulasida YuNESKO nafaqat bozor qiymatiga, balki ushbu resursni taqsimlash natijasida paydo bo‘ladigan foydalarga ham teng bo‘lishni maslahat bergan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring