28−29-mart kunlari Senatning yalpi majlisi o‘tkaziladi

Senatorlar qator hisobotlarni tinglaydilar.
Senatorlar bir qator qonunlarni ko‘rib chiqib, Hisob palatasi, ombudsman, Bosh prokuratura, IIV, MB va Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi rahbarlari hisobotini tinglaydi. Bu haqda gazeta.uz xabar bermoqda.
28−29-mart kunlari Toshkentda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi. Bu haqdagi qarorni Senat Kengashi tasdiqladi, deb xabar berdi parlament yuqori palatasi axborot xizmati.
Majlis kun tartibidan bir qator qonunlarni ko‘rib chiqish o‘rin olgan. «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasining «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual va Xo‘jalik protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonunlar shular jumlasidan.
Senatorlar Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Hisob palatasi, Bosh prokuror, ichki ishlar vaziri, Markaziy bank boshqaruvi raisi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining hisobotlarini eshitadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter