3 yoshli qizcha qarovsizlik tufayli yong‘inda halok bo‘ldi

Joriy yilning 20-fevral kuni Buxoro shahrida yashovchi Sh.B.ning uyida yong‘in sodir bo‘ldi. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in uy egalari tomonidan o‘chirilgan. Oqibatda Sh.B.ning 3 yashar qizi kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, yong‘in nazoratsiz qoldirilgan qizaloqning gugurt o‘ynaganligi oqibatida kelib chiqqan.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib, o‘tamiz IIV avvalroq, Termizda bir kishi is gazidan zaharlanib vafot etganini ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter