Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

5 kishining plastik kartasidan salkam 38 million so‘m o‘g‘irlandi

5 kishining plastik kartasidan salkam 38 million so‘m o‘g‘irlandi

Foto: «Xabar.uz»

Buxoro viloyati IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolov «Xabar.uz»ga 5 nafar fuqaro plastik kartasidan salkam 38 million so‘m pullar o‘g‘irlanganini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, 2022-yilning 4-noyabr kunidan 2023-yilning 16-fevral kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs  5 nafar fuqarolarning plastik kartalaridan jami 37.866.700 so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan ichki ishlari idoralari tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Holat yuzasidan tezkor-texnik va surishtiruv harakatlari olib borilgan. Qariyb 4 oy davomida olib borilgan tergov harakatlari davomida ushbu jinoyat Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida yashovchi 29 yoshli fuqaro R.A. tomonidan sodir qilingani aniqlangan.

Ayni paytda R.A.ning boshqa xuddi shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring