Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

6-apreldan mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlanish cheklanadi

6-apreldan mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlanish cheklanadi

Foto: Xabar.uz

Koronavirus kasalligiga qarshi kurashish respublika maxsus komissiyasining axboroti e’lon qilingani haqida xabar bergandik.

Unga ko‘ra, joriy yil 6-apreldan e’tiboran qator cheklovlar joriy etiladi.

Xususan, «o‘zini yakkalash» hayot tarzi Nukus va Toshkent shaharlari hamda viloyatlar markazlarida majburiy ravishda joriy etiladi, karantin davrida maxsus ruxsatnomasiz boshqarilgan transport vositalari jarima maydonchasiga joylashtiriladi, yirik dehqon bozorlari va savdo majmualariga (supermarket, gipermarket va boshqalar) tana harorati 37 С va undan yuqori bo‘lgan fuqarolar kiritilmaydi.

Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 2020-yil 6-aprel soat 06-00 dan e’tiboran mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlanish karantin davrida vaqtincha cheklanadi.

Bunda faqatgina hayotiy zarur ehtiyojlar – oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalar xarid qilish, shifokor ko‘rigiga murojaat etish, shuningdek, ish joyiga borish va kelish uchun ruxsat etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring