Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda 6 oyda 614 ming tonnadan ortiq benzin ishlab chiqarildi

O‘zbekistonda 6 oyda 614 ming tonnadan ortiq benzin ishlab chiqarildi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-iyun oylarida mamlakatda 614,2 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarildi.

Shu davrda sanoat korxonalari tomonidan 568 ming tonna dizel yoqilg‘isi va 313,8 ming tonna neft ishlab chiqarilgan.

Tabiiy gaz ishlab chiqarish hajmi 18,3 mlrd kub metr, gaz kondensati esa 462,1 ming tonnani tashkil qildi.

Hisobotda yoqilg‘i-energetika mahsulotlari bilan bir qatorda boshqa sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari ham keltirilgan.

Xususan, 2026 yilning dastlabki olti oyida mamlakatda 2,5 mln tonna ko‘mir qazib olingan.

Shuningdek, sanoat korxonalari tomonidan 126,7 ming dona avtomobil dvigateli ishlab chiqarilgani qayd etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring