Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Abdulaziz Komilov AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari bilan uchrashdi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

Bugun, 26-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Afg‘oniston bo‘yicha «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennonni qabul qildi.

Uchrashuv chog‘ida turli sohalarda O‘zbekiston-AQSh hamkorligining holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, 27-mart kuni ochiladigan yuqori darajadagi Toshkent forumining kun tartibi nuqtai nazaridan xalqaro va mintaqaviy masalalar ko‘rib chiqildi.

TIV axborot xizmatining xabar berishicha, suhbatda AQSh Elchisi Pamela Leora Spratlen ishtirok etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring