Abdulla Aripov rahbar ayollar kamligi muammosi yuzasidan taklif bildirdi
![Abdulla Aripov rahbar ayollar kamligi muammosi yuzasidan taklif bildirdi](https://xabar.uz/static/crop/3/4/920__95_3492967804.jpg)
Bugun 22-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi majlislar zalida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov so‘zga chiqdi.
Bosh vazir o‘z nutqida rahbar kadrlar orasida ayollarning kamligi masalasiga to‘xtaldi.
«Mana shu dargohda (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi-tah.) rahbarlarni tayyorlashadi, vazirliklar ro‘yxat beradi. Ro‘yxatda o‘ntadan bitta ayol nomi tushadi yoki tushmaydi. Shuni hisobga olgan holda Xotin-qizlar qo‘mitasini ham tavsiya beradigan tashkilotlar ro‘yxatiga qo‘shsak» dedi Bosh vazir.
Shuningdek, Bosh vazir o‘z nutqida ayollar jamiyatimizning katta qismini tashkil etishini, ularga munosib ish o‘rinlari yaratish haqida ham gapirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter