Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adliya xodimi 4 ming dollar pora oldi

Adliya xodimi 4 ming dollar pora oldi

DXX tomonidan Toshkent viloyatida qayd etilgan holatda Olmaliq shahar adliya bo‘limi xodimi mahalliy fuqaroni Olmaliq kon metallurgiya kombinatiga ishga kirishida yordam berish evaziga 4 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, ushbu noqonuniy ishga aloqador bo‘lgan Olmaliq shahridagi maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasi ham qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Urganchda bozor raisi, Namanganda esa o‘zini DXX xodimi deb tanishtirgan shaxs ushlangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring