Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Afrikaning eng mitti davlati vitse-prezidenti koronavirusga chalindi

Afrikaning eng mitti davlati vitse-prezidenti koronavirusga chalindi

Foto: «Sm-tur.ru»

Gambiya vitse-prezidenti Isatu Turay koronavirusni yuqtirib oldi, mamlakat prezidenti Adama Barrou o‘z-o‘zini izolyasiya qilish tartibiga amal qiladi, deya xabar berdi davlat rahbari ma’muriyati.

«Prezident ma’muriyati xabariga ko‘ra, vitse-prezident Isatu Turayning COVID-19ga topshirgan test natijasi musbat chiqqan. Buning natijasida prezident Barrou zudlik bilan ikki haftalik o‘z-o‘zini izolyasiya qilishiga to‘g‘ri keladi», — deya «Twitter»da e’lon qildi ma’muriyat.

Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi xabarlariga ko‘ra, Gambiyada epidemiya boshlangandan buyon 326 ta koronavirusni yuqtirish holati qayd etilgan, COVID-19 tasdiqlangan sakkiz nafar bemor vafot etgan, 66 kishi kasallikdan tuzalgan.

Ma’lumot o‘rnida

Gambiya — Afrika qit’asidagi eng kichkina davlat. Maydoni — 10 380 km². Aholisi — 2 173 999 kishi (2020-y).

1965-yil 18-fevralda Gambiya Britaniya imperiyasidan mustaqillikka erishdi. 2013-yil 2-oktyabrgacha Millatlar hamdo‘stligi ligasi a’zosi bo‘lgan. 2018-yilda Gambiya Respublikasi Millatlar hamdo‘stligi ligasi a’zoligiga qaytgan. Poytaxti — Banjul, eng katta shahri — Serekunda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring