Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amerika Femidasi Trampning da’volariga ko‘z yumyapti

Amerika Femidasi Trampning da’volariga ko‘z yumyapti

Foto: «Diamant»

Amerikalik sudyalar amaldagi prezident Donald Trampning saylov natijalarini qayta ko‘rib chiqish yoki hech bo‘lmaganda ovozlarni qayta sanab chiqish so‘ralgan da’volarini birin-ketin qaytarishmoqda. Nevada okrug sudyasi ham prezidentning shtatdagi saylov natijalarini bekor qilish so‘rovini rad etdi: da’vogar saylovdagi soxtalashtirish haqida «pichoqqa ilingulik» dalillar taqdim eta olmagan!

Jorjiya va Michiganda ham xuddi shu holat. To‘g‘ri, Michigan sudi 22 ta ovoz berish mashinasini tekshirib ko‘rishga ruxsat bergan. Chiqmagan jondan umid...

Bu orada Kaliforniya ham saylov natijalarini rasman tasdiqladi: muzaffariyat Jo Bayden tomonida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring