Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Amerika orzusi»: Grin karta lotereyasi haqida kerakli ma’lumotlar bilan tanishing

«Amerika orzusi»: Grin karta lotereyasi haqida kerakli ma’lumotlar bilan tanishing

Foto:«Vnovomsvete.com»

2019-yil 7-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 dan  2020-yil uchun Grin karta lotereyasiga ariza topshirganlar natijalarni bilib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ushbu dasturga O‘zbekistondan millionlab kishilar ariza topshirgan. Quyida ayni paytda AQShda istiqomat qilayotgan, «Langar Law Firm» yuridik firmasining asoschisi va bosh advokati bo‘lgan hamyurtimiz Mirakmal Niyazmatovning maqolasini keltirmoqdamiz. Maqola bir yil avval yozilgani uchun unga ayrim tuzatishlar kiritilgan.

AQShga immigratsiya qilishning keng qo‘llaniladigan yo‘llaridan biri bu Grin karta lotereya dasturidir. Mazkur dasturning rasman «Turli millatlarga mansub immigrantlar Visa dasturi», «Diversity Immigrant Visa Program» yoki «Diversity Visa») deb ataladi.

Lotereya natijalarinini tekshirishda arizachiga DV lotereyaga ariza topshirgan mahal berilgan tasdiq xati («Submission Confirmation») kerak bo‘ladi. Arizachi Maqomini Tekshirish («Entrant Status Check») lotereyada yutgan yoki yutmaganligingizni bilish uchun dvlottery.state.gov veb-saytiga tashrif buyuring  va tasdiq xatida sizga berilgan tasdiq nomerini veb-saytga kiriting.

Agar lotereya g‘oliblaridan biri bo‘lsangiz, veb-sayt sizga ushbu bosqichdan keyin nima qilish kerakligi haqida ma’lumotlarni taqdim etadi.

Agar tasdiq xatini yo‘qotgan bo‘lsangiz, lotereya natijasi haqida ma’lumot olishning boshqa iloji yo‘q. Kentaki konsullik markazi («Kentucky Consular Center») arizachilarga tasdiq xatini qayta yubormaydi. Shuning uchun ham tasdiq xatini ishonarli joyda saqlab qo‘yish o‘ta muhim hisoblanadi. Email manzilingizni tekshirib ko‘ring, chunki barcha tasdiq xatlari avtomatik tarzda email manzilingizga yuboriladi.

DV dasturida qancha kishi g‘olib bo‘lishi mumkin?

DV lotereyada g‘oliblik sizga viza olishni kafolatlamaydi, bu shunchaki viza olish uchun maqomingiz yaroqli ekanligini bildiradi. Viza olish ehtimolini orttirish uchun, lotereyada g‘olib deb topilganingizdan keyin darhol viza hujjatlarini tayyorlashga kirishing. Aks holda, viza hujjatlarini o‘z vaqtida yoki tezroq tayyorlab ulgurmasangiz, ajratilgan 50 ming viza tugab ketishi va siz lotereya g‘olib bo‘lsangiz ham, viza ololmasligingiz mumkin.

Lotereya natijalaridan so‘ng, viza olish uchun qancha vaqt ketadi?

2019-yil 30-sentyabrgacha viza olib ulgurmagan g‘oliblar keyingi yil viza olish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Shuningdek, arizachiga hamroh bo‘lgan arizachining er yoki xotini va farzandlari ham yuqorida ko‘rsatilgan muddat ichida viza olib ulgurishi shart.

Lotereya natijalaridan so‘ng g‘olib arizachi uylansa nima bo‘ladi?

DV lotereyasini yutgandan so‘ng arizadagi maqomlardan birortasi, masalan, yashash joyi o‘zgarsa, turmush qursa/uylansa, farzandli bo‘lsa, g‘olib Kentaki konsullik markazini bu haqda xabardor qilishi lozim.

Bundan tashqari, g‘olib eri/xotini yoki yangi tug‘ilgan farzandi uchun immigratsiya bojini to‘lashi kerak. Arizaga qo‘shilgan yangi a’zo ham DC 230 formasini to‘ldirishi lozim.

Turli xil qallobliklarning oldini olish uchun AQSh hukumati lotereya natijasidan so‘ng uylangan/turmush qurgan g‘oliblarni jiddiy tekshiruvdan o‘tkazadi.

Lotereya g‘olibi AQShda bo‘lsa, muhojirlik maqomini AQShdan turib o‘zgartirishi mumkinmi?

AQShda bo‘lgan lotereya g‘oliblari AQSh Fuqarolik va Immigratsiya Xizmatiga (USCIS) ariza topshirib, AQShda doimiy yashovchi maqomini olishi mumkin. Ariza bir muncha uzoq vaqtga cho‘zilishi mumkin. Bu muddat davomida arizachiga va unga arizada hamroh bo‘lganlarga (eri/xotini, rafiqasi) ishlash uchun ruxsat beriladi va sayohat hujjatlariga ega bo‘lishi mumkin.

Lotereya natijalari chiqqan paytda g‘olib xorijiy davlatda bo‘lsa, qanday vizaga hujjat topshirishi kerak?

Xorijda bo‘lgan g‘olib AQShning xorijdagi konsullik bo‘limi yoki elchixonasida muhojirlik vizasi uchun hujjat topshirishi mumkin. G‘olib viza olish uchun hujjatlarni topshirsagina belgilangan miqdordagi bojni to‘lashi lozim bo‘ladi.

AQSh konsullik muassasasida viza uchun hujjat topshirgan har bir arizachi va unga hamroh bo‘lgan oila a’zolari DV amal qilishi uchun va muhojirlik vizasi bojini to‘lashi lozim bo‘ladi.

Viza olish uchun ariza g‘olib tug‘ilgan davlatdagi yoki oxirgi yashayotgan xorijiy mamlakatidagi AQSh elchixonasi yoki konsullik muassasasida topshirilishi kerak. Xorijiy davlatda viza uchun hujjat topshirayotgan g‘oliblar Kentaki Konsullik Markazidan belgilangan viza uchrashuvidan 4 dan 6 haftagacha oldin bo‘lgan muddatda uchrashuv belgilanganligi haqida xat oladi.

Xorijda turib vizaga hujjat topshirish jarayoni AQShda turib muhojirlik maqomini o‘zgartirish jarayoniga qaraganda qisqa vaqt oladi.

AQSh hukumati DV lotereyasi g‘oliblariga moliyaviy yoki boshqa ko‘rinishdagi ko‘mak beradimi?

AQSh hukumati DV lotereyasi g‘oliblariga moliyaviy yoki boshqa biror ko‘rinishdagi, masalan, safar xarajatlari, ish topish, sog‘liqni saqlash, uy-joy topish va ularga to‘lash bo‘yicha hech qanday  yordam bermaydi. Muhojirlik vizasini olish paytida, har bir g‘olib AQShda ishlab, yashab keta olishga qodirligini va AQSh davlati yordamiga tayanmasligini isbotlashi lozim bo‘ladi. Buning uchun shaxsiy hisobingizda qancha miqdorda pul va boshqa mulkingiz mavjudligini ko‘rsatishingiz, AQShdagi qarindosh yoki tanishlaringizning sizga yuborgan ish taklif xatlarini ko‘rsatishingiz lozim bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring