Prezidentga bergan va’dasining ustidan chiqdi
Namanganlik Anasxon Dedaboyev mahalla uchun qurayotgan bino va stadionni bitkazdi.
Anasxon aka 2021-yil 19-fevral kuni Prezidentning Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida tasodifan Shavkat Mirziyoyev bilan yuz-yuz suhbatlashib, mahallasi uchun o‘z hisobidan MFY binosi va mini stadion qurib berishga va’da bergandi.
Prezident «bitgach rasmlari bilan menga xat yozasan», degandi.
Kuni kecha Anasxon Dedaboyev Prezident administratsiyasiga borib, uning nomiga yozilgan maktub va bino rasmlaridan iborat fotoalbomni topshirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter