Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijon viloyati «rekord» qayd etdi

Andijon viloyati «rekord» qayd etdi

Foto: «Xabar.uz»

Qaysi hududda maktab yerlari eng ko‘p «sotilgan»?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayevning ma’lum qilishicha, Xalq ta’limi vazirligidan mazkur masaladagi murojaatga javob olingan.

Qayd etilishicha, prezidentning 2018 yil 5 sentyabrdagi qaroriga asosan Xalq ta’limi vazirining ruxsatisiz maktablarning yerlari begonalashtirishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan bo‘lsa-da, hokimlarimiz bunga zid ravishda maktab yerlarini boshqalarga berib yuborish holatlari ko‘p ekan. Oddiy aytganda maktab yerlari «sotilgan».

Raqamlarga ko‘ra, 2018 yildan shu kunga qadar jami 198 ta maktabning hududlari noqonuniy berib yuborilgan.

Bu borada rekord Andijon viloyatiga tegishli: naqd 61 ta maktab hududlari bervorilgan.

Keyingi o‘rinda 26 ta maktab hududini bevorgan Qashqadaryo viloyati turibdi.

Namangan viloyati esa 20 ta maktab hududlarini bervorish orqali kuchli uchlikdan o‘rin olgan.

«Birgina Xorazm viloyatida bunday holat kuzatilmagan. Xorazmda bunday ishlar Prezident qarori chiqquncha bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

O‘quvchilarga sinfxonalar yetishmay, maktablarga qo‘shimcha bino qurishga yer muammo bo‘lib turgan bir vaqtda maktab yerlari talon-toroj qilinayotganini kelajakka xiyonat, deyish mumkin.

Farqi shundaki, bunda maktab yerlarini talon-toroj qilgan hokimlar emas, noqonuniy topshiriqni bajargan qo‘rqoq va jur’atsiz xodimlar jazolanadi», deydi Rasul Kusherbayev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring