Andijonda bog‘cha mudirasi o‘z joniga qasd qildi

Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarni Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov tasdiqladi. Ya’nikim, shu yilning 4-may kuni soat 15.00 chamasida mudira yashash xonadonida o‘zini osib, o‘z joniga suiqasd qilishi ortidan tuman tibbiyot birlashmasining shoshilinch bo‘limiga yotqizilgan.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi hamda viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasiga xizmat tekshiruvlari tayinlangan, tergovga qadar tekshirish harakatlari davom etirilmoqda.
Mudiraning o‘z joniga qasd qilishi sabablariga oid urchigan gap-so‘zlarga oydinlik kiritilgan holda huquqiy baho beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter