Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda bola qo‘lini go‘sht maydalagich qisib qoldi

Andijonda bola qo‘lini go‘sht maydalagich qisib qoldi

Foto: Andijon FVB

Joriy yilning 13 iyul kuni Viloyat FVBning navbatchilik kismiga, Andijon shaharidagi Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazidan xabar kelib tushgan.

Unga ko‘ra Shahrixon tumani, «Oq ko‘prik» maxallasida yashovchi, 2006 yilda tug‘ilgan fuqaro, N.I. Marhamat tumanidagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida ish faoliyat olib borayotgan vaktda, o‘zining e’tiborsizligi tufayli o‘ng qo‘lini oshxona go‘sht qiymalagichi tortib ketgan.

Shundan so‘ng fuqaro Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga olib kelingan va maxsus temir kesuvchi asbob uskunalar yordamida qo‘li chiqarib olingan.

Jarrohlar bilan o‘tkazilgan ushbu jarayon bartaraf etilishiga, sal kam bir soat vaqt talab etgan. Hozirda jabrlanuvchi Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazining jonlantirish bo‘limida davolanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring