Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda MIB boshliqlari ishdan olindi

Andijonda MIB boshliqlari ishdan olindi

Foto: «Xabar.uz»

Majburiy ijro byurosining Andijon shahar bo‘limi xodimlari sud qarorini bajarish evaziga 4 ming AQSh dollari olayotganda qo‘lga tushishgani ma’lum qilingandi.

Mazkur holat sabab Majburiy ijro byurosining Andijon shahar va Andijon tuman bo‘lim boshliqlari lavozimlaridan ozod qilingan. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, qo‘l ostidagi xodimlar ustidan yetarli nazorat o‘rnatmay, mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yib, xodimlar tomonidan korrupsiya va boshqa suiiste’molchiliklar sodir etilishining oldini olish choralarini ko‘rmagani uchun byuroning Andijon shahar bo‘limi boshlig‘i Sh.U. hamda Andijon tuman bo‘limi boshlig‘i A.B. o‘z lavozimlaridan ozod qilingan.

Ma’lumot uchun, o‘tgan davrda MIB Shaxsiy xavfsizlik tarmoqlarining xizmat tekshiruvlari natijalariga ko‘ra, qo‘pol qonunbuzilishiga yo‘l qo‘ygan 69 nafar xodim intizomiy jazo tariqasida byuro organlaridan bo‘shatilgan. Shuningdek, byuroning 24 nafar xodimi tomonidan sodir etilgan jinoyat holatlarining 18 tasi shaxsiy xavfsizlik tarmoq xodimlarining tashabbuslari asosida fosh etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring