Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijondagi hayvonot bog‘ida sher odamga hamla qildi

Andijondagi hayvonot bog‘ida sher odamga hamla qildi

Foto: «Lenta.ru»

Baxtsiz hodisa tufayli Xo‘jaobod tumani hududida joylashgan «Hayvonot bog‘i»da qorovul bo‘lib ishlagan 45 yoshli H.A. hayotdan ko‘z yumgan.

2018-yil 30-dekabr kuni qorovul qafasda saqlanayotgan «Simba» laqabli sherga yemak berayotgan chog‘ida hayvon uning chap sonidan tishlab, qattiq tan jarohati yetkazgan. Oqibatda H.A vafot etgan.

Hozir surishtiruv ishlari yakunlangan, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.

«Xabar.uz» muxbiri hodisaga oydinlik kiritish maqsadida «Hayvonot bog‘i» ma’muriyati bilan bog‘landi, ular bu xabarni inkor etishdi. Xo‘jaobod tumani IIB vakili esa bu haqda ma’lumot bera olmasligini, Andijon viloyat IIBga bog‘lanish kerakligini aytdi. Shundan so‘ng, Andijon viloyat IIB matbuot xizmati bilan bog‘landik. Matbuot xizmati xodimi bu ishni Xo‘jaobod tumani prokuraturasi ko‘rib chiqayotganini va rasmiy ma’lumot bera olmasligini bildirdi.

Xullas, tegishli idoralar hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berishni hozircha istashmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring