Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Androidlar endi shirinliklar nomi bilan atalmaydi

Androidlar endi shirinliklar nomi bilan atalmaydi

Foto: «Google»

«Google» bunday buyon «Android» amaliy tizimlarini desertlar nomi bilan atamaydi. Mana masalan, oxirgi versiyasi shunchaki — «Android 10».

Shu paytgacha androidlar shirinliklar nomi bilan atalib kelinardi: «Gingerbread», «Ice Cream Sandwich», «Jelly Bean», «KitKat», «Lollipop, «Marshmallow», «Nougat», «Pie», ya’ni har xil pechenelar, muzqaymoqlar, shokoladlardan tortib piroggacha.

Oxirgi versiyani bir oz muddat «Q» deb atashdi, keyin oddiygina «Android 10» qilib qo‘yishdi.

«Google» kompaniyasi izohiga ko‘ra, bu shirinliklarning nomlari turli mamlakatlarda yashovchi aksariyat odamlar uchun hech narsani anglatmaydi, qaysi biri eski-yangiligini ham. Buning ustiga inglizzabonlardan boshqalar bu nomlarni aytishga qiynalishadi.

Kompaniya logotipdagi kichkina robot va matndagi yashil rangni ham o‘zgartirdi, aytilishicha, ko‘zi yaxshi o‘tmaydiganlar qora rangdagi matnni yaxshiroq o‘qiy olishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring