Antaliyada xalqaro marafon: 34 davlatdan sportchilar bahslashadi
Turkiyaning Alaniya shahrida 27–28 mart kunlari nufuzli Alanya Ultra Trail xalqaro marafoni bo‘lib o‘tadi. 2017 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan bu musobaqada joriy yilda 34 davlatdan 700 dan ortiq kuchli sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda.
Musobaqaning o‘ziga xosligi:
-
Yo‘nalish: Yugurish masofasi O‘rta yer dengizi sohilidagi Kleopatra plyajidan boshlanib, Toros tog‘larining baland cho‘qqilarigacha davom etadi.
-
Tarixiy yo‘l: Sportchilar qadimiy ko‘chmanchi turklar (yoruklar) foydalangan tarixiy karvon yo‘llari, Alaniya qal’asi va Qizil minora kabi maskanlar orqali o‘tadilar.
Ishtirokchilar uchun masofalar:
Marafonda har kim o‘z imkoniyatiga qarab quyidagi masofalardan birini tanlashi mumkin:
-
68 km — Alaniya Ultra Trail (Eng uzun va murakkab yo‘l).
-
42 km — Toros tog‘lari yo‘li.
-
27 km — Keykubod tog‘ yugurishi.
-
18 km — Kleopatra qisqa so‘qmog‘i.
-
5 km — Alaniya qal’a yugurishi.
Musobaqa Turkiya turizmni targ‘ib qilish va rivojlantirish agentligi (TGA) hamda Yoshlar va sport vazirligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Bu tadbir nafaqat sport, balki Antaliyaning betakror tabiati va boy tarixini dunyoga ko‘rsatish uchun xizmat qiladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter