Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh davlat kotibi yordamchisi Lu O‘zbekistonga keladi

AQSh davlat kotibi yordamchisi Lu O‘zbekistonga keladi

AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha byurosi yordamchisi Donald Lu 6-11-noyabr kunlari Turkmaniston, O‘zbekiston va Qozog‘istonga safar qiladi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Donald Lu o‘zining yuqorida nomlari sanab o‘tilgan Markaziy Osiyo davlatlariga safari davomida Qo‘shma Shtatlarning mintaqa davlatlari mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga sodiqligini tasdiqlab, Vashingtonning maqsadi Markaziy Osiyoni farovon, xavfsiz va demokratik mamlakatlar sifatida ko‘rish ekaniniga urg‘u beradi.

Lu boshliq delegatsiya Turkmaniston safaridan so‘ng O‘zbekistonga keladi va xotin-qizlarning huquqlarini kengaytirish hamda diniy e’tiqod va e’tiqod erkinligini qo‘llab-quvvatlash borasida hukumat rasmiylari, fuqarolik jamiyati va madaniy guruhlar bilan uchrashadi.

Davlat kotibi yordamchisi Lu, shuningdek, mintaqada bo‘lganida Markaziy Osiyoda Iqtisodiy barqarorlik tashabbusini ishga tushirish masalasini muhokama qiladi.

Qayd qilinishicha, ushbu tashabbus orqali Qo‘shma Shtatlar mintaqaviy savdo yo‘llari va salohiyatini mustahkamlash, malakali ishchi kuchini o‘qitish va tayyorlash hamda Markaziy Osiyoga xalqaro sarmoyalarni jalb qilish uchun 25 million dollar mablag‘ ajratadi.

Eslatib o‘tamiz, Donald Lu joriy yilning mayida ham O‘zbekistonga kelgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring