Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh ishchi vizalarni qayta rasmiylashtirishni rejalashtirmoqda

AQSh ishchi vizalarni qayta rasmiylashtirishni rejalashtirmoqda

Foto: AP Photo/Andrew Harnik

AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati chet ellik mutaxassislar uchun bir qator ishchi vizalarini berishga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bloomberg manbalariga asoslanib TASS xabar berdi.

Unga ko‘ra, AQShning yangi rasmiylari o‘tgan yili bir necha toifadagi ishchi vizalarini, shu jumladan N-1V, N-2V, N-4, L turlari va ko‘plab J toifadagi hujjatlarni rasmiylashtirishga qo‘yilgan taqiqni uzaytirmaslik imkoniyatini ko‘rib chiqmoqdalar.

Ularning barchasi AQShda ishlash huquqini beradi. O‘sha paytdagi prezident Donald Tramp tomonidan yanvar oyi boshida uzaytirilgan taqiq 31 martda o‘z kuchini yo‘qotadi.

Agentlikning ta’kidlashicha, yangi ma’muriyatning bunday qarori chet eldan malakali ishchilarni yollash uchun H-1B vizalariga murojaat qilishni afzal ko‘rgan texnologik kompaniyalar ko‘magi bilan amalga oshiriladi.

Vashingtonning avvalgi ma’muriyati tasdiqlash stavkasini pasaytirgan N-1V viza dasturini kuchaytirishga urindi.  Ushbu dastur AQSh ish beruvchilariga chet ellik ishchilarni vaqtincha yollash imkoniyatini beradi.  Texnologiya sanoati, ayniqsa, fan va texnologiyalarni chuqur biladigan chet ellik mutaxassislarni jalb qiluvchilar asosan N-1V vizalariga tayanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring