AQSh Isroilga yordam berish uchun qiruvchi samolyotlar va kemalarni yubordi
Qo‘shma Shtatlar Isroil mudofaasini qo‘llab-quvvatlash uchun Yaqin Sharqqa aviatashuvchi zarbalar guruhini, qo‘shimcha kreyserlar va esminetslarni yubormoqda. Bu haqda Pentagon matbuot kotibining bayonotida aytiladi.
«AQSh Mudofaa vazirligi Eron, uning hamkorlari va nazorat ostidagi kuchlari tomonidan mintaqada ziddiyat kuchayishi ehtimolini kamaytirish uchun choralar ko‘rishda davom etmoqda», — deyiladi bayonotda.
Xususan, USS Abraham Lincoln aviatashuvchisi USS Theodore Roosevelt guruhini almashtirishi rejalashtirilgan.
Pentagon rahbari Lloyd Ostin Yaqin Sharqqa qo‘shimcha qiruvchi samolyotlar eskadronini yuborishni ham buyurdi. Samolyotlar havo kuchlari orqali Isroil mudofaasini qo‘llab-quvvatlaydi, deyiladi bayonotda.
Departamentning aniqlik kiritishicha, Amerika bo‘linmalari allaqachon O‘rta yer dengizida joylashtirilgan.
Kuni kecha The New York Times nashri o‘z manbalariga tayanib, Qo‘shma Shtatlar Yaqin Sharqqa qo‘shimcha jangovar samolyotlar yuborishga tayyorlanayotgani haqida xabar bergandi. Gazetaning yozishicha, bunga Isroil va Eron o‘rtasidagi ziddiyatning kuchayishi sabab bo‘lgan. Washington Post Pentagon vakiliga tayanib, mintaqadagi vaziyatning yomonlashuvi tufayli Qo‘shma Shtatlar o‘zining 12 ta kemasini Fors ko‘rfazi va Sharqiy O‘rta yer dengizida jamlaganini yozdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter