Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh urush boshidan beri Ukrainaga qancha pul bergani ochiqlandi

AQSh urush boshidan beri Ukrainaga qancha pul bergani ochiqlandi

AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostinning ma’lum qilishicha, urush boshidan beri Qo‘shma Shtatlar rasmiy Kiyevga yordam berish uchun 80 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratgan.

Uning so‘zlarini RIA «Novosti» iqtibos keltirmoqda.

«Tarixiy aloqa guruhi Ukrainaga mudofaa yordami uchun 80 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratdi», degan Pentagon rahbari.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Ukrainaga hujum qilgach, AQSh asosiy donor-mamlakat bo‘lib qolmoqda. Shuningdek, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi davlatlari va Yaponiya ham Ukrainaga yordam ko‘rsatmoqda. 

Avvalroq Ukrainada ayol harbiy xizmatchilar soni 2014-yilga nisbatan uch baravar oshgani xabar berilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring