AQSh xorijlik yuk mashinalari haydovchilariga ishchi vizalar berishni to‘xtatdi

AQSh hukumati tijorat yuk mashinalari va olis yo‘nalishga qatnovchi xorijlik haydovchilarga ishchi vizalarini berishni to‘xtatdi.
«Tijorat yuk mashinalari haydovchilariga ishchi vizalar berishni darhol to‘xtatamiz. AQSh yo‘llarida katta tirkamali yuk mashinalarini boshqarayotgan xorijlik haydovchilar soni ortib borayotgani amerikaliklar hayotini xavf ostiga qo‘ymoqda», — deb yozdi Qo‘shma Shtatlar davlat kotibi Marko Rubio X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Qolaversa, chet eldan borgan haydovchilar amerikalik hamkasblarining «nonini yarimta qilayotgani»ni ham Rubio qo‘shimcha qilgan.
Effective immediately we are pausing all issuance of worker visas for commercial truck drivers.
— Secretary Marco Rubio (@SecRubio) August 21, 2025
The increasing number of foreign drivers operating large tractor-trailer trucks on U.S. roads is endangering American lives and undercutting the livelihoods of American truckers.
AQSh prezidenti Donald Tramp shu yil aprelida uzoq yo‘nalishga qatnovchi yuk mashinalari haydovchilaridan ingliz tilini bilish talab qilinuvchi farmonga imzo chekkan edi. Yangi farmonga ko‘ra, ish beruvchilarga ingliz tilini bilmaydigan haydovchilarni ishdan bo‘shatish talabi qo‘yilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter