AQShda chegarani buzib kirganlarga boshpana berish taqiqlandi
Jo Bayden Meksika bilan chegarani noqonuniy kesib o‘tgan muhojirlar uchun AQShda siyosiy boshpana olishga taqiq qo‘ymoqda. Bu haqda Oq uy ma’muriyati ma’lum qildi.
«Bu immigratsiya xizmati xodimlariga mamlakatda noqonuniy bo‘lgan odamlarni AQShdan chiqarib yuborishni osonlashtiradi», – deyiladi Oq uy bayonotida.
Ayni paytda kuchga kirgan taqiq choralari doimiy ravishda qo‘llanilmaydi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, hafta davomida har kuni chegarada 2500 dan ortiq odam qo‘lga olinsa, taqiqlovchi choralar joriy etiladi. Chegarada kunlik qo‘lga olishlar soni 1500 tadan kamayganda, bu choralar bekor qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter