AQShdan kelgan o‘zbekistonlik yuqori lavozimga tayinlandi

Ulug‘bek Qosimxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Davlat turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda qo‘mita saytida xabar berildi.
Ulug‘bek Qosimxo‘jayev 1978-yili Andijonda tug‘ilgan. 2000-yili «Umid» dasturi bo‘yicha AQShning Peys universitetining biznes fakultetini tamomlagan. 2000-yildan 2002-yilgacha Andijon viloyati hokimligida, 2002-2005-yillarda Vazirlar Mahkamasining ijro apparatida ishlagan.
2005-yili u Barri universitetida magistraturaga o‘qishga kiradi. O‘qishni tamomlaganidan keyin to 2013-yilga qadar Barri va Zanderberd universitetlarida dars beradi. So‘ng bir yil davomida investitsiya kompaniyasi direktori lavozimida ishlaydi. 2014-yildan esa turizm va xususiy mulk sohasidagi investitsion kompaniyani boshqaradi.
Ulug‘bek Qosimxo‘jayev Davlat turizm qo‘mitasida turizm sohasiga investitsiyalarni jalb qilish, xalqaro moliyaviy institutlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek milliy turizm brendini targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter