Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Argentinada aviahalokat natijasida 5 kishi halok bo‘ldi

Argentinada aviahalokat natijasida 5 kishi halok bo‘ldi

Foto: «Trend.az»

Argentinaning La-Lampa provinsiyasida kichik samolyot halokatga uchradi. Bu haqda «TASS» axborot agentligi xabar bermoqda.

Mamlakat aviahodisalarni tadqiq qilish kengashi ma’lumotiga ko‘ra, halokat natijasida besh kishi hayotdan ko‘z yumgan. «Voqea joyiga mutaxassislar jo‘natilgan», deyiladi ma’lumotda.

Samolyotning qoldiqlari borish qiyin bo‘lgan tog‘li tumanda topilgan. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring