Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ari samolyotni uchishga qo‘ymadi

Ari samolyotni uchishga qo‘ymadi

Illyustrativ foto

Avstriyada birgina ari sababli samolyot parvozi bekor qilindi, deb xabar berdi Aero Inside.

Hodisa Insbruk aeroportida, Austrian Airlines aviakompaniyasiga tegishli layner Venaga uchishga tayyorlanayotgan vaqtda yuz berdi.

Samolyot uchish yo‘lagida 150 km/soat tezlikka chiqqanda, uchuvchilar tezlikni o‘lchaydigan datchiklar turlicha ko‘rsatkich berayotganini payqab qolishdi. Ichida 107 kishi bo‘lgan havo kemasi zudlik bilan to‘xtatildi. Ko‘ngilsiz hodisaning oldini olish uchun reys qoldirildi.

Yo‘lovchilar evakuatsiya qilingach, mutaxassislar nosozlik sababini aniqlashdi: havo oqimini o‘lchaydigan asbob ichiga kichkinagina ari kirib, tiqilib qolgan ekan. Ushbu kichik qurilma parvoz xavfsizligi uchun o‘ta muhim hisoblanadi, chunki tezlik haqidagi ma’lumotlar aynan u orqali olinadi. Ari sababli ma’lumotlar noto‘g‘ri ko‘rsatila boshlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring