Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Avstriyada koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlandi

Avstriyada koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlandi

Foto: «News.ru»

Avstriya kansleri Sebastyan Kurs mamlakatda koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda 13-sentyabr kuni Avstriya matbuot agentligiga tayanib TASS xabar berdi.

«Ikki hafta avval kuniga 350 tacha yangi holat aniqlangandi, kecha 850 kishi koronavirusga chalindi. Dramatik vaziyat, ayniqsa, Venada kuzatilmoqda. Avstriya bo‘yicha koronavirusni yuqtirganlarning qariyb 50 foizi poytaxtga to‘g‘ri keladi. Yaqinda kuniga mingtalab kasallanishlar ko‘rsatgichiga yetamiz», — dedi Kurs. Uning ta’kidlashicha, kuz va qish og‘ir keladi.

Shu munosabat bilan kansler Avstriya aholisini infeksiya tarqalishining oldini olish choralariga rioya qilishga chaqirgan.

«Hozir hammamiz bahorda ko‘rsatgan intizom va e’tibor bilan kelgusi oylarning qiyinchiliklarini yengib o‘tishimizga to‘g‘ri keladi», — deb xulosa qildi u.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring