Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Barselona» 17 yoshli vunderkindini 400 million yevroga baholadi

«Barselona» 17 yoshli vunderkindini 400 million yevroga baholadi

Foto: «Confederaciopenyes.fcbarcelona.com»

Kataloniyaning «Barselona» klubi Pedri nomi bilan tanilgan 17 yoshli yarim himoyachi Pedro Lopesni 400 million yevroga baholadi. Bu haqda «Goal.com» xabar berdi.

Vunderkindning shartnomasida aynan shuncha tovon puli qayd etilgan. Ko‘k-anorranglilar rahbariyati shu yo‘l bilan Pedrini o‘z safida olib qolishga umid qilmoqda.

Futbolchi shu yil yozda «Barselona» tarkibiga kelib qo‘shildi. Shartnomani imzolashda kataloniyaliklar «Manchester Siti» va «Bavariya»ni dog‘da qoldirishdi.

Joriy mavsumda Pedri to‘qqizta o‘yin o‘tkazdi. Shuningdek, futbolchining hisobida Chempionlar ligasi doirasida kiritilgan bitta gol ham bor.

Pedri «Las-Palmas» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2019/2020-yilgi mavsumda u Ispaniya Segundasidagi klub safida debyut o‘yinini o‘tkazdi. Shuningdek, u klub tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylandi: u 16 yosh, 9 oy va 23 kunligida gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring