Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Baxti Tashkentskiy»ning yaqin odami chegarada qo‘lga olindi

«Baxti Tashkentskiy»ning yaqin odami chegarada qo‘lga olindi

Farg‘onada «Baxti Tashkentskiy»ga  yaqin jinoiy aloqasi bo‘lgan D.X.X. ushlandi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB xabar bergan. 

Xabarga ko‘ra, 1992-yilda tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 109-moddasi bilan sudlangan D.X.X. qo‘shni Qirg‘izistonga qochib o‘tmoqchi bo‘lgan paytda «Do‘stlik» chegara postida qo‘lga olingan.

Unga nisbatan Farg‘ona shahar IIO FMB tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Toshkent shahar IIBB «Baxti Tashkentskiy» laqabi bilan mashhur Baxtiyor Qudratullayevning qo‘lga olingani haqida xabarni tasdiqlagandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring