Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Baxtiyor Saidov va Eron TIV rahbari mintaqadagi vaziyatni muhokama qildi

Baxtiyor Saidov va Eron TIV rahbari mintaqadagi vaziyatni muhokama qildi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Eron TIV rahbari Sayyid Abbos Arakchi bilan telefon orqali muloqot qildi.

Baxtiyor Saidov so‘nggi voqealar oqibatida tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lgani munosabati bilan ta’ziya izhor etib, jabrlangan oilalarga hamdardligini bildirdi.

Xabarga ko‘ra, tomonlar mintaqadagi vaziyatni muhokama qilgan va har qanday keyingi keskinlashuv jiddiy gumanitar va xavfsizlik oqibatlariga olib kelishi mumkinligi qayd etilgan.

«Barcha kelishmovchilik va nizolar faqat tinch yo‘l bilan — muloqot va diplomatiya orqali hal etilishi lozimligi haqidagi qat’iy va izchil pozitsiyamizni yana bir bor tasdiqladik», — deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring