Bayden «uyg‘urlarning ekspluatatsiyasi» uchun Xitoyga bosim o‘tkazmoqchi
AQSh prezidenti Jo Bayden G7 ittifoqchilarini musulmon uyg‘urlar yashaydigan Shinjon viloyatida majburiy mehnatdan foydalanayotgan Xitoyga nisbatan bosimni kuchaytirishga chaqirmoqchi. Bu haqda 24 aprel kuni Oq uydagi manbasiga asoslanib Reuters xabar berdi.
«Katta yettilik» davlatlarining sammiti 2021 yilning iyun oyida Britaniyaning Kornuol yarim orolida bo‘lib o‘tadi. Tadbir tashkilotchilarining so‘zlariga ko‘ra, unda Jo Bayden «demokratik va avtokratik davlatlar o‘rtasidagi strategik raqobat» mavzusiga e’tibor qaratadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter