Bill Geyts insoniyat tarixidagi eng xavfli texnologiyani tilga oldi
Taniqli milliarder hamda Microsoft asoschilaridan biri Bill Geyts sun’iy intellektni «insoniyat tomonidan shu paytgacha qilingan ixtirolar orasida eng xavflisi» deb hisoblaydi.
U CNN telekanaliga bergan intervyusida sun’iy intellekt avtomobillar, samolyotlar (YTH va halokatlarni nazarda tutmoqda — tahr.) yoki giyohvandlik vositalaridan ko‘ra kattaroq tahdid solayotganini ta’kidlab, AQSh hukumatini ushbu soha ustidan nazoratni kuchaytirishga chaqirdi.
«Sun’iy intellekt ustidan jamiyat nazoratidagi yagona mexanizm uni ishlab chiqayotgan kompaniyalarning o‘zi bo‘lib qolmasligi kerak», — dedi milliarder.
Avvalroq Geyts NBC telekanaliga bergan intervyusida sun’iy intellektning rivojlanishi halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirgan edi.
«Sun’iy intellekt, shubhasiz, milliardlab insonlarning halokatiga sabab bo‘luvchi voqealarni keltirib chiqarish uchun yetarlicha kuchga ega», — dedi Bill Geyts.
Geytsning fikricha, sun’iy intellekt kelasi yildayoq hakerlik hujumlarining keskin ko‘payishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois Bill Geyts AQSh prezidenti va uning ma’muriyati bilan sun’iy intellekt xavfsizligini muhokama qilishni mo‘ljallayapti.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter