Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bill Klinton shifoxonadan chiqdi

Bill Klinton shifoxonadan chiqdi

Foto: C-span.org

AQShning sobiq prezidenti 78 yoshli Bill Klinton grippdan davolanib, shifoxonadan chiqdi. Bu haqda uning yordamchisi Anxel Urenya ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, harorati ko‘tarilib ketgan 42-prezident Vashingtondagi shifoxonaga yotqizilgan edi.

Ma’lumot uchun: Bill Klinton 2001-yilda AQSh prezidenti lavozimidan ketganidan so‘ng salomatligida muammolar paydo bo‘lgandi. Xususan, 2010-yilda yurak og‘rig‘i bezovta qilib shifoxonaga tushgan. Keyinchalik vegetarianga aylangan Klinton salomatligini saqlashda bu parhez katta yordam berganini ta’kidlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring