Bir oyda Toshkent viloyati sudlarining 4 nafar sudyasi ishdan olindi – Sudyalar oliy kengashi

Keyingi bir oyda Toshkent viloyati sudlarida faoliyat ko‘rsatib kelgan kelgan to‘rt nafar sudya ishdan olindi. Bu haqda kuni kecha sudyalar oliy kengashi mas’ullarining viloyat sudi sudyalari bilan bo‘lgan uchrashuvida ma’lum qilindi.
Kengash matbuot xizmatiga ko‘ra, sobiqqa aylangan sudyalarning ishdan ketishiga korrupsiyaviy omillar emas, balki sudyalik qasamyodi va odob-axloq qoidalarini buzgani sabab bo‘lgan.
Bo‘lib o‘tgan tadbir mavzusi sudyalar daxlsizligini ta’mishlash, tizimda korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish, qonun ustuvorligini ta’minlashga oid bo‘lib, bu boradagi muammo va kamchiliklar Toshkent viloyati sudlari faoliyati misolida tahlil qilingani aytiladi.
Sudyalar oliy kengashi matbuot kotibi Tursunali Akbarov tadbir tanqidiy ruhda o‘tganini quyidagicha izohladi: bemor odam og‘rigan joyidan shikoyat qiladi, salomatligini tiklash uchun sog‘ a’zolarini maqtamaydi, baski, yutuqlardan ko‘ra ko‘proq ko‘ndalang turgan muammolar haqida gapirib, ularning samarali yechimlari ustida bosh qotirish kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter