Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bir soati 22,5 mingdan 372 ming dollargacha — havoda uchayotgan millionlar

Bir soati 22,5 mingdan 372 ming dollargacha — havoda uchayotgan millionlar

E-4B Nightwatch.

Foto: Wikimedia

AQSh hisob palatasi (Government Accountability Office, GAO) mamlakat harbiy-havo kuchlari, harbiy-dengiz kuchlari, dengiz piyodalari korpusi va armiyasining asosiy jangovar samolyotlari bir soat parvoz qilishi qancha turishini ma’lum qildi.

F-35 Lightning II beshinchi avlod qiruvchisining osmonda bir soat parvozi 42 ming dollarga tushadi.

Foydalanilayotgan qiruvchi samolyotlar orasida eng serxarajati F-22 Raptor — bir soati 85,3 ming dollar. F-16 to‘rtinchi avlod qiruvchi samolyotining 60 daqiqalik parvozi uchun 26,9 ming dollar sarflanadi. Eng tejamkor — A-10 Thunderbolt II shturmchisi (1 soati — 22,5 ming dollar).

A-10 Thunderbolt II

Bombardimonchi samolyotlar va havo qo‘mondonlik nuqtalarining parvozi o‘ta qimmat hisoblanadi. Masalan, B-1B Lancer strategik bombardimonchi samolyoti bir soatda 173 ming dollar sarflasa, E-4B Nightwatch havo qo‘mondonlik nuqtasining bir soatlik parvozi amerikalik soliq to‘lovchilarga 372 ming dollarga tushadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring