Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Birinchi marta: koronavirusdan o‘lim holati Xitoydan tashqarida ham kuzatildi

Birinchi marta: koronavirusdan o‘lim holati Xitoydan tashqarida ham kuzatildi

Foto: Aaron Favila / AP

Filippinda 44 yoshli erkak koronavirus oqibatida vafot etdi, deya xabar berdi RBK. 2019-nCoV koronavirusi qurbonlari soni 300 nafardan oshdi, jami kasallanganlar soni — 14 ming nafar.

1-fevral kuni bu mamlakatda yashab kelgan 44 yoshli erkak ayni shu kasallik oqibatida olamdan ko‘z yumgani haqida JSSTning Filippindagi bo‘limi tvitterda xabar berdi.

Bu Xitoydan tashqarida koronavirus oqibatida qayd etilgan birinchi o‘lim holati hisoblanadi.

Xitoyda esa koronavirus oqibatida vafot etganlar soni shanba kuni kechki paytga kelib 304 nafarga yetgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring