Bloger Abror Muxtor Aliy hibsga olindi
Joriy yil 6-fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Shayxontoxur tumani sudi qarori bilan taniqli bloger Abror Muxtor Aliy (Abror Abduazimov) qamoqqa olingan. Bu haqda «Ezgulik» jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanov ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, bloger Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 194-modda (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 195-modda (Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish)sida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etishda aybli deb topilgan.
Bloger o‘zining Facebook’dagi sahifasida so‘nggi marta 5-fevral kuni post qoldirgan.
Ma’lumot uchun, hozircha xalq orasida Abror Muxtor Aliy nomi bilan mashhur blogerning qamalishi yuzasidan rasmiy ma’lumot berilmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter