Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bog‘chalarda qo‘shimcha ta’til e’lon qilindi

Bog‘chalarda qo‘shimcha ta’til e’lon qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida navbatdan tashqari ta’til e’lon qilindi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yig‘ilish bayoniga asosan, ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida mavsumiy gripp kasalligi, shamollashning keskin ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun 2023 yil 10-18 yanvar kunlari navbatdan tashqari ta’til e’lon qilinadi.

Bu vaqt davomida farzandi maktabgacha ta’lim tashkilotiga borayotgan budjet tashkilotlarida ishlaydigan ayollarning ish vaqti ish haqi kamaytirilmagan holda qisqartiriladi.

Avvalroq ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddati uzaytirilgani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring